Янгиликлар
Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.02.2022 yildag “Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” PQ-135-son-qarorga asosan Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning qo‘shimcha manbalari etib belgilangan: muassisi Turizm va madaniy meros vazirligi hisoblangan korxonalar va tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — tizim tashkilotlari) ixtiyorida soliqlar va yig‘imlar to‘langanidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlarga muvofiq davlat mulki ob’ektlarini realizatsiya qilishdan tushadigan tegishli mablag‘lar;
tizim tashkilotlarining mol-mulkini (bundan ko‘chmas mulk mustasno) sotishdan tushgan mablag‘larning 50 foizi;
tizim tashkilotlarining mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan byudjetga yo‘naltirilayotgan mablag‘larning 50 foizi;
tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Turizm va madaniy meros vazirligining ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan Davlat byudjeti mablag‘larining, shuningdek talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;
tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Turizm va madaniy meros vazirligining ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar daromadiga undirilgan noqonuniy sarflangan byudjet mablag‘lari, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalari;
tizim tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalariga tushadigan mablag‘larning 10 foizi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
turizm va madaniy meros sohalaridagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan tushadigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov