Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

XODIMLAR UCHUN DAVLAT ATTESTATSIYASIGA BORISH HARAJATLARI QOPLAB BERILADIMI ?


XODIMLAR UCHUN DAVLAT ATTESTATSIYASIGA BORISH HARAJATLARI QOPLAB BERILADIMI ?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Mexnat kodeksining 385-moddasiga koʻra, ish beruvchi oliy taʻlim tashkilotlarida sirtqi taʻlim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun taʻlim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga 1-marta yoʻlkira haqining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorini toʻlaydi. Davlat attestatsiyasidan oʻtish uchun xuddi shunday miqdorda yoʻlkira haqi toʻlanadi.

Demak, laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun taʻlim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun toʻlov ushbu kafolat sirtqi taʻlim shaklida tahsil olayotgan talaba-xodimlar uchun.

Davlat attestatsiya uchun qoplab berilishi esa barcha hodimlar uchun amalga oshiriladdi.

Buning uchun yoʻlkira xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar, poyez, avtobus yoki aviachiptalardan biri taqdim qilinishi lozim.

Ushbu qoida davlat, xususiy yoki xorijdagi oliy taʻlim muassasalarida sirtqida oʻqiyotganlarga birdek tatbiq qilinadi. Masalan, Siz qoʻshni Qozogʻistonda sirtqida oʻqiysiz laboratoriya-imtihon sessiyasida yoki davlat attestatsiyasidan oʻtish uchun, aytaylik samolyotda 5 mln soʻm yoʻlkira qilib borib keldingiz. Tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilsangiz (temir yoʻl, avtobus yoki avia chipta va boshqalar) ish beruvchi Sizga kamida 2,5 mln soʻm toʻlab beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mexnat kodeksining 13-moddasiga koʻra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda xodimlar uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanganiga nisbatan qoʻshimcha huquqlar va kafolatlar nazarda tutilishi mumkin. Masalan, jamoa shartnomasida alohida qoʻshimcha imtiyozlar ham nazarda tutilishi mumkin, masalan, yoʻlkira haqining 100 foizini toʻlab berish yoki sutkalik xarajatlarni qoplab berish kabi.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Yuridik xizmat

koʻrsatish markazi boshligʻi

B.Mavlanov