Янгиликлар
Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar berish tartibi
Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar berish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Mexnat qonunchiligi ta’lablariga asosan Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar berish tartibida qiziq bir holat bor kodeksning 386-moddasi birinchi qismiga asosan ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi ta’lim olayotganda beriladi.
Ya’ni ikkinchi mutaxasislikda o‘qiyotganlarga, magistraturada o‘qiyotganlarga, yoki boshqacha tarzda ikkinchi marta o‘qiyotganlarga kafolatlar va kompensatsiyalar berilmaydi.
Qachon berilishi mumkin?
Mazkur moddaga aosan kafolatlar va kompensatsiyalar, shuningdek tegishli darajadagi ta’lim olgan hamda ish beruvchi tomonidan ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi yoki ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan alohida kelishuvga muvofiq ta’lim olishga yuborilgan xodimlarga ham berilishi mumkin.
Ya’ni ish beruvchi ikkinchi marta ta’lim olayotgan xodimga kafolatlar va kompensatsiyalar bermoqchi bo‘lsa, u bilan qo‘shimcha kelishuv tuzishi yoki mehnat shartnomasiga o‘qitish bo‘ycha kafolat va imtiyoz haqida qodalarni kritib qo‘yishi lozim.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i
B.Mavlanov