Янгиликлар
Mehnat shartnomasi taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinganda u yozma tarzda rasmiylashtirilishi shart.
Mehnat shartnomasi taraflarning kelishuviga ko‘ra
bekor qilinganda u yozma tarzda rasmiylashtirilishi shart.
Mehnat shartnomasining eng "muammolarsiz" rasmiylashtiriladigan usuli bu taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish hisoblanadi. Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq chiqarganda odatda shu asos bilan buyruq chiqarishi keyinchalik unga kam "bosh og‘riq" olib keladi. Tomonlar o‘zaro kelishganda hech qanday ogohlantirish muddati bo‘lmaydi, bundan tashqari kasaba uyushmasining ham roziligi talab qilinmaydi.
Endi mehnat shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor bo‘lganda yozma kelishuv bo‘lishi shart. Mehnat kodeksining 157-moddasi 2-qismiga asosan Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv bilan yozma shaklda rasmiylashtiriladi, unda mehnat shartnomasi bekor qilinadigan sana, qo‘shimcha kelishuv tuzilgan sana va taraflarning rekvizitlari ko‘rsatilishi shart.
Agar ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirayotganda mazkur qoidaga rioya qilmagan taqdirda u chiqargan buyruq sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.Mavlanov