Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar uchun alohida o‘quv ta’tillari beriladi


Sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar uchun alohida o‘quv ta’tillari beriladi

Ish beruvchilar tomonidan sirtqi ta’limda o‘qiyotgan xodimlarga o‘qish davrida mehnat ta’tilini olishni talab qilishayotganini yozishmoqda. Shu o‘rinda ish beruvchilarga sirtqi ta’limda o‘qiyotgan xodimlarning o‘quv ta’tili olish huquqlari borligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Mehnat kodeksining 385-moddasiga asosan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari:

➖oliy ta’lim tashkilotlarida kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga — kamida yigirma kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida — kamida o‘n kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga esa — kamida o‘ttiz kun;

➖oliy ta’lim tashkilotlarida kechki ta’lim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga — kamida o‘ttiz kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kasb hunar ta’limi tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga esa kamida qirq kalendar kun muddatga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.

Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat ta’tillari ular o‘quv ta’tillaridan foydalanganligidan qat’i nazar beriladi.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi boshlig‘i

B.Mavlanov