Янгиликлар
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning rad etish asoslari
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning rad etish asoslari
"Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 40-bandiga asosan quyidagilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
➖ davlat boji to‘lanmaganligi yoki uning to‘liq bo‘lmagan miqdorda to‘langanligi;
➖ ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan holatlarda tegishli bo‘lmagan ro‘yxatdan o‘tkazish organiga murojaat qilinganligi;
➖ ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
➖ qonun va ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan ta’sis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi — ustav fondi miqdori oshirilgan (kamaytirilganda), ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tgan, qayta tashkil etilgan taqdirda;
➖ davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda qonun hujjatlari bilan ustav fondining miqdoriga doir talablar belgilangan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar uchun ta’sis hujjatlarida ushbu Nizomga 11-ilovada nazarda tutilgan ustav fondining eng kam miqdoridan kam bo‘lgan miqdorning belgilanganligi;
➖ yuridik shaxsning manzilini o‘zgartirish, shuningdek, yuridik shaxsni boshqa yuridik shaxsga qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish bilan bog‘liq qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda yuridik shaxsning bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi yoki amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilmaganligi, shuningdek, soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirmaganligi;
➖ ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassisning muassislar ro‘yxati o‘zgarishiga roziligi mavjud emasligi;
➖ firma nomini tanlashda O‘zbekiston Respublikasining «Firma nomlari to‘g‘risida»gi Qonuni talablariga rioya qilmaslik;
➖ ta’sis hujjatlarini barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanmaganda, aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno;
➖ tadbirkorlik subyekti tomonidan ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan manzil ma’lumotlari soliq va kadastr organlarining ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lmaganda;
➖ tadbirkorlik subyekti o‘z tashkiliy-huquqiy shaklini qonunchilik hujjatlarida mavjud bo‘lmagan turga o‘zgartirishni so‘rab murojaat etganda.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.Mavlanov