Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

TUGATILAYOTGAN KORXONANI SOLIQ TЕKSHIRISHI MUMKINMI?


TUGATILAYOTGAN KORXONANI SOLIQ TЕKSHIRISHI MUMKINMI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan "Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 21-bandiga asosan Tugatilayotgan tijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi soliq xizmati organi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan Tizim orqali xabardor qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida tijorat tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi, uning muddati o‘ttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.

Mazkur asoga ko‘ra soliq organi tugatilayotgan tashkilotning moliya xo‘jalik faoliyatini tekshirishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi PF-5490-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga asosan Yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tekshiruvlar vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur asosga ko‘ra soliq organi tizim orqali vakolatli organnini xabardor etishga majbur hisoblanadi.

Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi boshlig‘i

B.Mavlanov