Янгиликлар
Uyni sotishdan olinadigan daromad qaysi holatlarda soliqqa tortiladi?
Uyni sotishdan olinadigan daromad qaysi holatlarda soliqqa tortiladi?
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 375-moddasiga ko‘ra mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) foizlar;
2) dividendlar;
3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
4) soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar.
Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi.
Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko‘chmas mulk bo‘yicha esa – kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb e’tirof etiladi.
Tasavvur qiling, uyingiz bor. Siz uni bir paytlar 200 million so‘mga sotib olgansiz. Uyning kadastr hujjatidagi qiymati esa 30 million so‘mni tashkil etadi.
Nimadir sabab bo‘ldi-yu, siz uyingizni 400 million so‘mga sotdingiz. Nazariy va qonun nuqtayi nazaridan ushbu uyning sotib olingan narxi va sotilgan narxi o‘rtasidagi farq, ya’ni 200 million so‘m (400 million – 200 million = 200 million) uyni sotishdan olingan daromad hisoblanadi.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.Mavlanov