Янгиликлар
PEDAGOGLARNING O‘QUVCHI TELEFONI OLIB QO‘YIB QAYTARIB BERMASLIKKA HAQQI BORMI
PEDAGOGLARNING O‘QUVCHI TELEFONI OLIB QO‘YIB QAYTARIB BERMASLIKKA HAQQI BORMI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi 139-son qarori bilan "O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom" tasdiqlangan bo‘lib, nizomga asosan ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar telefonini o‘chirib qo‘yishi hamda sumkasiga solib qo‘yishi shart.
Ta’lim oluvchilarga o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida qat’iyan taqiqlanadi:
— telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
— telefonni stol ustiga qo‘yish;
— musiqa tinglash;
— surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish, tasvir ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
— suratga olish va video tasvirga tushirish;
— telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.
Ushbu nizom talablari buzilgan taqdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining direktoriga yoki direktor o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega
Yani o‘quvchilarning maktab huqudiga telefon bilan kelishiga ruhsat berilgan. Ushbu nizomga muvofiq Telefonning saqlanishi uchun faqat uning egasi (ota-onalar) javob beradilar. Yani pedagog o‘quvchi telefondan foydalanish qoidasini buzganda uni olib qo‘ya oladi lekin uni qaytarib bermasligi mumkin emas.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i
B.Mavlanov