Янгиликлар
XODIM MALAKA OSHIRISHGA BORGANDA MЕXMONXONA XARAJATLARI QOPLANADIMI ?
XODIM MALAKA OSHIRISHGA BORGANDA MЕXMONXONA XARAJATLARI QOPLANADIMI ?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 8-oktyabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bandiga muvofiq Xodimlarning malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar ularni malaka oshirishga yuborgan tashkilotning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mexnat Kodeksiga muvofiq 290-moddasi birinchi qsmiga asosan agar ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha xodimning malaka oshirish va stajirovkadan o‘tishi boshqa joyga ko‘chishni talab qilsa, xodimga o‘qish joyiga borish va qaytib kelish, shuningdek uy-joyni ijaraga olish xarajatlarining o‘rni qoplanadi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga boshqa shaharlardan yuborilgan tinglovchilarga yuborgan tomon hisobidan respublika doirasida xizmat safarlari uchun belgilangan tartibda va miqdorlarda sutkalik pul to‘lanadi va turar joy ijarasi hamda o‘qish joyiga kelish va ketish xarajatlari qoplanadi malaka oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan tinglovchilarning xizmat safari xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashini va Iqtisodiyot vazirligini, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklarini saqlash uchun nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari doirasida qoplanadi.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.Mavlanov