Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqlarsiz muhit yaratiladi


Nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqlarsiz muhit yaratiladi

 

“Nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqlarsiz muhit yaratish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 266-sonli Prezident Qarori qabul qilindi

Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-oktyabrdan:

rekonstruksiya qilinadigan va ta'mirlanadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi nogironligi bo'lgan shaxslarga sharoitlar yaratish bo'yicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o'tkaziladi;

har yili “Xavfsiz yo'l va xavfsiz piyoda” respublika jamg'armasi mablag'larining kamida 10 foizi chorrahalarda nogironligi bo'lgan shaxslar (piyodalar) uchun xavfsiz va to'siqsiz muhit yaratish bo'yicha qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlariga yo'naltiriladi.

2025-yil 1-yanvardan belgilangan faoliyat turlari bo'yicha litsenziya berishda obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi bo'lgan shaxslarga to'siqlarsiz muhit yaratilganligi bo'yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasini olish talab qilinadi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdug’apparov Abbos