Янгиликлар
Joriy yilning 22-iyulida “Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi 103-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi.
Joriy yilning 22-iyulida “Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi 103-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, paxta-to'qimachilik klasterlarini moliyaviy sog'lomlashtirishga qaratilgan quyidagi choralar belgilandi:
2023-yilgi paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun klasterlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning, mos ravishda Jamg'armaning tijorat banklariga ajratgan kredit resurslarining qoldig'ini qaytarish muddati tijorat banklarining ijobiy xulosasi asosida 2025-yil 1-aprelgacha uzaytiriladi.
2024-yil 1-avgustdan Jamg'arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo'yicha klasterlar ta'sischilarining shaxsiy kafilligi qo'shimcha ravishda rasmiylashtiriladi.
Bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan sotib olingan va sotib olish qiymatining 35 foizi va undan yuqori qismi to'langan paxta tozalash zavodlari va paxta qabul qilish maskanlarini jalb etiladigan kredit bo'yicha mulkiy majmua sifatida garovga qo'yishga ruxsat beriladi.
Bo’ka tumani adliya bo’limi
YXKM bosh yuriskonsulti
Abdug’apparov Abbos