Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Voleybol sport turlariga e’tibor yanada kuchaytiriladi.


Voleybol sport turlariga e’tibor yanada kuchaytiriladi.

Joriy yilning 17-iyulida “Voleybol sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 274-sonli Prezident Qarori qabul qilindi.

           Qarorga ko'ra, 2025 -yildan har yili an'anaviy tarzda quyidagi musobaqalar o'tkazib boriladi:

          oliy ta'lim muassasalari talabalari, professional ta'lim va umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari o'rtasida “Volleyball stars” O'zbekiston kubogi;

          vazirlik va idoralar xodimlari o'rtasida 3 bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – respublika) voleybol sport turlari bo'yicha “Yangi O'zbekiston” respublika musobaqasi

         umumiy o'rta ta'lim muassasalari yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida 3 bosqichli Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi kubogi;

       nogironligi bo'lgan shaxslar o'rtasida para voleybol sport musobaqalari.

       2025 yildan har ikki yilda bir marta voleybol bo'yicha Markaziy Osiyo voleybol assosiatsiyasi (CAVA)ga a'zo davlatlar o'rtasida “Buyuk Ipak yo'li” xalqaro turniri o'tkazib boriladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdug’apparov Abbos