Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Qo'llab-quvvatlash choralari “Ijtimoiy karta” ATdan taqdim etiladi:


Qo'llab-quvvatlash choralari “Ijtimoiy karta” ATdan taqdim etiladi:

 

“Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident Qarorga ko'ra quyidagi qo'llab-quvvatlash choralari “Ijtimoiy karta” ATdan taqdim etiladi:

2024-yil 1-dekabrdan yangidan tayinlanadigan ijtimoiy to'lovlar, xizmatlar va imtiyozlar;

2025-yil 1-apreldan bosqichma-bosqich shaxsning nogironligini, talaba, o'quvchi, urush qatnashchisi yoki urush qatnashchisiga tenglashtirilgan shaxs holatini tasdiqlash.

Bunda nogironlik to'g'risidagi ma'lumotnoma va guvohnomalar, talabalik guvohnomalari, o'quvchilar guvohnomalari, urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar guvohnomalarining qog'oz shakli ijtimoiy kartaga almashtirish orqali bekor qilinadi;

nogironligi bo'lgan va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil, temir yo'l, havo va daryo transporti, yo'nalishsiz taksi xizmatlaridan foydalanish bo'yicha imtiyozlar, shuningdek ushbu xizmatdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega bo'lgan aholining boshqa toifalari uchun imtiyozlar;

kirish bilet operatsiyalari tizimi asosida tartibga solinadigan davlat ijtimoiy obyektlariga, konsert-tomosha tadbirlari va boshqa tadbirlarga bepul tashrif buyurish yoki qisman haq to'lash bo'yicha imtiyozlar.

2025-yil 1-iyuldan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganlarga belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilishda to'langan QQS summasini 1 ish kunida qaytarish;

2025-yil 1-oktyabrdan Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan ro'yxatga muvofiq fuqarolarga byudjet mablag'lari hisobidan ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordam, subsidiyalar, grantlar, imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar hamda moddiy xususiyatga ega boshqa to'lovlar taqdim etish;

2026-yil 1-yanvardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlardan foydalanish.

2025-yil 1-oktyabrdan pensiya oluvchilarga o'z xohishiga ko'ra yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo'qotganligi bo'yicha pensiyalarni ijtimoiy karta orqali olish huquqi beriladi.

 

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova Nazokat