Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Paxta-to'qimachilik klasterlari moliyaviy sog'lomlashtiriladi


Paxta-to'qimachilik klasterlari moliyaviy sog'lomlashtiriladi

“Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi 103-son Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, paxta-to'qimachilik klasterlarini moliyaviy sog'lomlashtirishga qaratilgan quyidagi choralar belgilandi:

Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasi kredit resurslari hisobidan 2023-yilgi paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni 2024-yil 1-dekabrgacha to'liq qaytargan klasterlarga ushbu kredit bo'yicha foiz to'lovlari (bank marjasidan tashqari) 2025-yil 1-yanvarga qadar Jamg'arma hisobidan qaytarib beriladi;

2023-yilgi paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun klasterlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning, mos ravishda Jamg'armaning tijorat banklariga ajratgan kredit resurslarining qoldig'ini qaytarish muddati tijorat banklarining ijobiy xulosasi asosida 2025-yil 1-aprelgacha uzaytiriladi.

2024-yil 1-avgustdan Jamg'arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo'yicha klasterlar ta'sischilarining shaxsiy kafilligi qo'shimcha ravishda rasmiylashtiriladi.

Bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan sotib olingan va sotib olish qiymatining 35 foizi va undan yuqori qismi to'langan paxta tozalash zavodlari va paxta qabul qilish maskanlarini jalb etiladigan kredit bo'yicha mulkiy majmua sifatida garovga qo'yishga ruxsat beriladi.

Tugatilayotgan “O'zpaxtasanoat” AJning mulkiy majmualarini sotib olish bo'yicha klasterlar bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarida belgilangan to'lov grafigi bo'yicha qarzdorliklar muddati 1 yilga uzaytiriladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova Nazokat