Янгиликлар
Mehnatga layoqatsizlik nafaqasi qanday hollarda beriladi.
Mehnatga layoqatsizlik nafaqasi qanday hollarda beriladi.
Qonunchilikka koʻra, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:
-vaqtinchalik mehnat layoqatini yoʻqotish bilan bogʻliq kasallik vaqtida (shikastlanishda);
-sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalarida davolanganda;
-kasallangan oila aʼzosini parvarishlash zarur boʻlganda;
-karantinda;
-sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilganda;
-mehnat layoqatini tiklash yoki yasama aʼzo (protez) qoʻydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov