Янгиликлар
Zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qilganlik uchun qanday javobgarlik belgilangan.
Zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qilganlik uchun qanday
javobgarlik belgilangan.
Qonunchilikka koʻra, tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki Oʻzbekiston hududiga olib kirish, uni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, quyidagicha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi:
➖fuqarolarga BHMining 50 baravaridan 400 baravarigacha (17 mln soʻmdan 136 mln soʻmgacha);
➖mansabdor shaxslarga BHMining 100 baravaridan 450 baravarigacha (34 mln soʻmdan 153 mln soʻmgacha).
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov