Янгиликлар
“Ayollar daftari”ga kimlar kiritiladi
“Ayollar daftari”ga kimlar kiritiladi
“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:
-ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
-tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
-boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
-ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
-uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
-qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar.
- “Ayollar daftari”ga xotin-qizlar yashab turgan joyi boʻyicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi boʻyicha doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turmasligi "Ayollar daftari"ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov