Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirganligi uchun endi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.


Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirganligi uchun endi transport vositasini boshqarish

huquqidan mahrum qilinadi.

 

 

            “Qonunchilikka koʻra, transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirganligi uchun javobgarlik belgilangan.

 

        Haydovchilarning belgilangan harakat tezligini soatiga:

 

-20 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi BHMning 1 baravari (340 ming soʻm) miqdorida jarima solishga;

 

-40 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi BHMning 9 baravari (3 mln 60 ming soʻm) miqdorida jarima solishga;

 

-40 kilometrdan ortiq kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror oshirib yuborishi transport vositasini boshqarish huquqidan 2 yil muddatga mahrum qilinib, BHMning 25 baravari (8 mln 500 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

 

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                                                         S.Djamalov