Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Davlatni boʻsh turgan yerini uy-joy qurish uchun olish mumkinmi?


      Davlatni boʻsh turgan yerini uy-joy qurish uchun olish mumkinmi?

 

         Fuqarolik kodeksining 212-moddasiga asosan qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki oʻzga koʻchmas mulk oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.

          Mana shu qoidaga koʻra siz boʻsh turgan yerni hech qanday hujjatsiz olishingiz mumkin emas.

         Bunda siz yer uchastkasini auksion orqali olishingiz mumkin.

        "Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida"gi qonunining 14-moddasida koʻra yer uchastkalarini xususiylashtirish yer uchastkalarini onlayn auksion orqali sotib olish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkinligi taʼkidlangan.

       Siz shu yoʻl bilan unga nisbatan mulk huquqini qoʻlga kiritishingiz mumkin.

        Tartibi qanday?

      Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq Siz tuman (shahar) hokimiyatiga shu yerni xususiylashtirish boʻyicha murojaat qilishingiz yaʼni hokimiyatdan shu yer uchastkasini buyurtmachi sifatida auksionga quyishini soʻrab murojaat qilishingiz kerak.

      Hokimiyat esa uni shartli chegaralarini belgilab, davlat kadastrlik palatasining tuman (shahar) filialiga yuboradi.

       Filial esa yer uchastkasi haqiqatan ham boʻsh yer ekanligi yoki taqiq bor-yoʻqligini aniqlab yana qaytarib hokimiyatga yuboradi. Hokimiyat esa uni davlat kadastrlik palatasining hududiy (viloyat) boshqarmasiga yuboradi. Boshqarma esa uni "Yerelektron " ATT ga kirgizadi.

        Yana bir necha bosqichlardan soʻng yer uchastkasi auksionga qoʻyiladi, shunda siz yutib olib, yer uchastkasini mulk huquqi asosida qoʻlga kiritishingiz mumkin.

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat Markazi boshligʻi                                       S.Djamalov