Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Uy hadya qilinganda soliq hisoblanadimi?


Uy hadya qilinganda soliq hisoblanadimi?

          O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasi 7-bandiga asosan jismoniy shaxslarning o‘ttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi.

          Ya’ni bu degani siz uyni 3 yil ichida kimgadir sotsangiz, hadya qilsangiz siz daromad solig‘i to‘lovchisi hisoblanasiz.

Bunda Kodeksning 375-moddasi 4-bandiga asosan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi.

Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb e'tirof etiladi.

 

Yangiyo`l tumani yuridik                                            

xizmat ko`rsatish Markazi                                                X.Rahimov

bosh yuriskonsulti