Янгиликлар
Ma'muriy javobgarlikka tortilgan xodimga intizomiy jazo qo'llasa bo'ladimi?
Ma'muriy javobgarlikka tortilgan xodimga intizomiy jazo qo'llasa bo'ladimi?
Mehnat kodeksining 313-moddasi 3-qismiga ko'ra, har bir intizomiy qilmish uchun faqat bitta intizomiy jazo chorasi qo'llanilishi mumkin.
Ushbu holatda gap faqat bitta intizomiy jazo xususida ketmoqda. Ya'ni xodimga masalan, ham hayfsan, ham jarima qo'llay olmaysiz. Faqatgina Mehnat kodeksining 312-moddasidagi intizomiy jazolardan faqat birini qo'llay olamiz. Ma'muriy yoki jinoiy jazo emas, aynan intizomiy jazo xususida gap ketmoqda
Mehnat kodeksi 300-moddasiga ko'ra, intizomiy javobgarlik xodim tomonidan intizomiy qilmish (ushbu Kodeks 301-moddasining ikkinchi qismi) sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo'llanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlikdir.
Ya'ni intizomiy javobgarlik yuridik javobgarlikning bir turidir. Yuridik javobgarlikning ma'muriy, jinoiy, fuqarolik, intizomiy, moddiy javobgarlik kabi turlari bor.
Xodimni ma'muriy javobgarlikka tortilishi, ish beruvchining xodimga nisbatan intizomiy javobgarlik qo'llash huquqidan mahrum qilmaydi.
Agar sodir etilgan huquqbuzarlik xodimning o'z mehnat vazifalarini bajarish bilan bevosita bog'liq bo'lsa hamda xodim ma'muriy javobgarlikka tortilsa, ish beruvchi xodimga bemalol intizomiy jazo qo'llashi mumkin.
Yangiyo`l tumani Yuridik
xizmat ko`rsatish markazi X.Rahimov
bosh yuriskonsulti