Янгиликлар
Ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyati yanada takomillashtiriladi
Ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyati yanada takomillashtiriladi
“Respublikada ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 105-son Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2024-yil 1-sentyabrdan ovchilik xoʻjaligini tashkil etishning quyidagi tartibi oʻrnatiladi:
ov qilish faqat ovchilik xoʻjaliklari hududida amalga oshiriladi va ovchilik xoʻjaliklari hududidan tashqarida ov qilishni amalga oshirish taqiqlanadi;
ovchilik xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yer yuridik va jismoniy shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali 49 yil muddatga quyidagi bosqichlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:
1 bosqichda – 10 yil muddatga;
➖investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijalariga koʻra:
2 bosqichda – 10 yil muddatga;
3 bosqichda – 29 yil muddatga.
❕Bunda, 2 yil muddat ichida yovvoyi hayvonlarni yetishtirish va takror koʻpaytirish boʻyicha pitomniklar infratuzilmasi yoki takror koʻpaytirish uchastkasi tashkil qilinmasa, ijara shartnomasi bekor qilinadi.
elektron onlayn-auksion gʻolibi boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga ovchilik xoʻjaliklariga (ovchilik bazalari va pitomniklarga) tutash hududdagi ov qilish joylari ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun biriktirib beriladi.
Boʻka tumani adliya boʻlimi
YXKM boshligʻi
Niyozov Abdurasul