Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ekologiya vazirligiga qoʻshimcha vakolatlar berildi


Ekologiya vazirligiga qoʻshimcha vakolatlar berildi

 

“Respublikada ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 105-son Prezident Farmonga muvofiq, Ekologiya vazirligiga quyidagi vakolatlar berildi:

 

ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnomaning namunaviy shaklini tasdiqlash;

 

ovchilik xoʻjaligini yuritishda texnik-iqtisodiy asosnoma materiallarining formatini tasdiqlash;

 

yuridik va jismoniy shaxslar bilan ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish toʻgʻrisida shartnoma tuzish.

 

2024-yil 1-oktyabrdan ovchilarga ovchilik yoʻllanmasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalar asosida elektron dastur orqali beriladi.

 

2024-yil 1-oktyabrdan ovchilik guvohnomasini berishning quyidagi tartibi oʻrnatiladi, jumladan:

 

➖ovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarni maxsus oʻquv kurslarida oʻqitish joriy etiladi;

 

➖ovchilik guvohnomasi muomalaga layoqatli, 18 yoshga toʻlgan, oʻquv kurslarini tugatgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan jismoniy shaxslarga YIDXP orqali 2 yil muddatga beriladi.

 

2024-yil 1-sentyabrdan yovvoyi hayvonlarni koʻpaytirish joylarini, kichik safari parklar va ov turizmini tashkil qilgan ovchilik xoʻjaliklari 3 yil muddat mobaynida mol-mulk va yer soligʻini 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni 1 foiz miqdorida toʻlaydi.

 

 

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova   Nazokat