Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutiga bir necha huquqlar beriladi


Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutiga bir necha huquqlar beriladi

 

Qonunchilikka koʻra, Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutiga quyidagi huquqlar beriladi:

➖raqamli kriminalistika boʻyicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni oʻtkazish;

 

➖jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qoʻyish, saqlash va tadqiq qilish hamda oʻrganilgan maʻlumotlar boʻyicha xulosalar tayyorlash;

 

➖raqamli kriminalistika sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni zamonaviy raqamli kriminalistika ekspertiza turlari boʻyicha masofaviy va anʻanaviy tarzda oʻqitish;

 

➖raqamli kriminalistika faoliyatini amalga oshirish hamda maxsus kriminalistika laboratoriyalari ishini samarali tashkil etish uchun shartnoma asosida malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;

 

➖ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari doirasida hamda texnik vosita va butlovchi ehtiyot qism sifatida foydalanish uchun Ichki ishlar vazirligida yuritiladigan raqamli axborot tashuvchi qurilmalar (mobil telefon, smartfon, planshet, kompyuter texnikasi, videoregistrator, qattiq disk, flesh xotira va tashqi jamlagichlar) kolleksiyasidan foydalanish;

 

➖ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish uchun zarur boʻlgan statistik va boshqa axborotni vazirliklar va idoralardan bepul asosda soʻrab olish.

 

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdugʻapparov Abbos