Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yanada rivojlantiriladi


Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yanada rivojlantiriladi

 

 

“Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi 104-son Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko'ra:

 

2024–2026 yillarda Buxoro va Namangan viloyatlarida bittadan hamda Toshkent shahrida ikkita zargarlik markazlari tashkil etiladi;

 

zargarlik markazlarida tadbirkorlik subyektlari uchun zarur infratuzilma yaratiladi;

 

2025-yil yakunigacha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning yillik ishlab chiqarish hajmlari 1 milliard AQSH dollariga va eksport ko'rsatkichi 100 million AQSH dollariga yetkaziladi.

 

2025-yil 1-yanvargacha zargarlik markazlarini tashkil etish uchun davlat ko'chmas mulk obyektlarini yaxlit mulk sifatida yoki lotlar (qismlar va xonalar)ga bo'lgan holda tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklariga uzoq muddatli ijaraga yoki mulk huquqi asosida, qiymatini bo'lib-bo'lib to'lash shartlarida realizatsiya qilish choralari ko'riladi.

 

Farmonga muvofiq tashkil etiladigan zargarlik markazlaridagi ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni kechiktirib to'lash sharti bilan sotishda:

 

90 kun ichida amalga oshirilgan to'lovlar qismiga – foiz hisoblanmaydi;

 

91-kundan boshlab 180-kungacha amalga oshirilgan to'lovlar qismiga – yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi.

 

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM boshlig’i

Niyozov Abdurasul