Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Kimlar pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas?


Kimlar pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas?

 Qonunga koʻra, quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi:

➖qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;

➖qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;

➖pedagogik faoliyatni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklari boʻlgan shaxslar;

➖psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar.

          Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

  Tojiqulova   Nazokat