Янгиликлар
Kimlar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega?
Kimlar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega?
Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:
1 kam taʻminlangan shaxslar, agar ular:
➖fuqarolik ishlari boʻyicha daʻvogar yoki javobgar;
➖maʻmuriy ishlar boʻyicha arizachi;
➖maʻmuriy qamoq tarzidagi maʻmuriy jazo nazarda tutilgan maʻmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs;
➖jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek mahkum boʻlsa;
2 ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda;
3 oʻz huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
4 jinoyat ishi boʻyicha advokat ishtirok etishi shart boʻlgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.
Boʻka tumani adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti
Abdugʻapparov Abbos