Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.


 

Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.

 

Qonunchilikka koʻra, nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin 1 oy oʻtgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.

Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.

Uzrli sabablar boʻlganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi 1 oy oʻtgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin. Alohida hollar (homiladorlik, bola tugʻilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.

Mamlakatimizda nikoh yoshi erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan.

Uzrli sabablar boʻlganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tugʻilishi), voyaga yetmagan shaxsning toʻla muomalaga layoqatli, deb eʻlon qilinishi (emansipasiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga koʻra, nikoh davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini koʻpi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

Jamolov Samandar