Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

HODIMLARGA TO’LANISHI KERAK BO’LGAN KOMPENSATSIYALAR


HODIMLARGA TO’LANISHI KERAK BO’LGAN KOMPENSATSIYALAR

 

Amaldagi Mehnat kodeksining 286-moddasiga asosan, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart:

-         xizmat safarlarida bo‘lganda;

-         sayyor va ko‘chib yurish xususiyatiga ega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;

-         ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga ko‘ra boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganda;

-         ish beruvchining yo‘llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tganda;

-         ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganda;

-         xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi munosabati bilan;

-         xodimning foydalanmagan yillik mehnat ta’tili uchun;

-         ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida xodimni ogohlantirish muddati pul kompensatsiyasi bilan almashtirilganda.

Yuqoridagi kompensatsiya to‘lovlaridan tashqari ish beruvchi xodimlarga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan boshqa kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirishi shart.

 

Oqqo’rg’on tumani Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti:                                                      N.P.Nazarimbetov