Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

XODIMLARNI ISHDAN BO’SHATISH ASOSLARI.


XODIMLARNI ISHDAN BO’SHATISH ASOSLARI.

 

Mehnat kodeksining 155-moddasida hodimlarni ishdan bo‘shatishning asoslari keltirilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat;

- xodim va ish beruvchi kelishuvi bo‘yicha;

- mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan ishdan bo‘shash;

- xodim o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shashi;

- ish beruvchi tomonidan xodimni ishdan bo‘shatish;

- tashkilot egasi almashganda, u qayta tashkil etilganda, tashkilotning bo‘ysunuvi o‘zgarganda xodim ishni davom ettirishni rad etishi;

- xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi;

- xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun ko‘chishni rad etishi;

- tibbiy xulosaga ko‘ra xodim sog‘lig‘iga to‘g‘ri keladigan boshqa ishga o‘tishni rad etishi yoki ish beruvchida xodimga mos boshqa ish bo‘lmagan taqdirda;

- xodim va ish beruvchi ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha;

- yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan o‘tmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish bo‘yicha;

- alohida toifadagi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida ishdan bo‘shatish asoslari mustahkamlangan asoslar bo‘yicha.

 

Oqqo’rg’on tumani Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti:                                                      N.P.Nazarimbetov