Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

BOQUVCHISI BO’LMAGAN KO’P BOLALI OILALAR YER SOLIG’I TO’LAMAYDI.


BOQUVCHISI BO’LMAGAN KO’P BOLALI OILALAR YER SOLIG’I TO’LAMAYDI.

 

Ota va onadan biri yoki ota-onaning xar ikkisi vafot etgan ko‘p bolali oilalar soliq solishda boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar xisoblanadi.

Manashunday oilalar Soliq kodeksining 436-moddasiga asosan yer solig‘i to‘lashi shart bo‘lmagan oilalar toifasiga kiradi.

Bu imtiyozdan foydalanish uchun oila a’zolaridan biri Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limiga murojaat qilib ular tomonidan boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha beriladigan tegishli ma’lumotnomasini talab qilib olishi kerak bo‘ladi va olingan ma’lumotnoma asosida ular yuqoridagi imtiyozdan foydalanishi mumkin.

 

Oqqo’rg’on tumani Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti:                                                      N.P.Nazarimbetov