Янгиликлар
Xodim ishdan bo‘shayotganda ish beruvchi ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘laydi.
Xodim ishdan bo‘shayotganda ish beruvchi ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘laydi.
Mehnat kodeksning 173-moddasidaga asosan quyidagi asoslar bilan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish beruvchi unga ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lagsha majbur:
- Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganda. Bundan shartnoma xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslar bo‘yicha bekor qilinganligi mustasno.
- Xodimning harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.
- Shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.
- Tashkilotni tugatish yoki ish beruvchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.
- Ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilganligi, agar yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etish imkoni bo‘lmasa va u ishni davom ettirishga to‘sqinlik qilgani munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.
- Qonunchilikka muvofiq mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.
- Xodim yangi mehnat shartlarida ishni davom ettirishni rad etganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda
- Xodim tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘ziga qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan boshqa ishga o‘tkazishni rad etganligi yoxud ish beruvchida tegishli ish bo‘lmaganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.
- Xodim ish beruvchi bilan birga boshqa joydagi ishga ko‘chishni rad etganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.
Oqqo’rg’on tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti: N.P.Nazarimbetov