Янгиликлар
Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlganlarga 120 000 000 soʻmgacha kredit beriladi
Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlganlarga 120 000 000 soʻmgacha kredit beriladi
Prezidentning 30.04.2024-yil kungi PF-70-son Farmoniga asosan,
2024-yil 1-iyundan “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi.
Bunda:
- ipoteka kreditlari 120 million soʻmgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʻmirlash maqsadlari uchun ajratiladi;
- ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlanadi.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti: N.P.Nazarimbetov