Янгиликлар
IKKI VA UNDAN ORTIQ 12 YOSHGA TOʻLMAGAN BOLALARI BOʻLGAN OTA-ONALARGA QOʻSHIMCHA TAʻTIL BERILADI
IKKI VA UNDAN ORTIQ 12 YOSHGA TOʻLMAGAN BOLALARI BOʻLGAN OTA-ONALARGA QOʻSHIMCHA TAʻTIL BERILADI
Mehnat kodeksining 401-moddasiga asosan,
Oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan biriga har yili davomiyligi kamida toʻrt kalendar kun boʻlgan haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʻtil beriladi.
Ushbu taʻtil yillik mehnat taʻtiliga qoʻshib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu taʻtildan alohida (toʻliq yoxud qismlarga boʻlib), lekin faqat tegishli ish yili davomida foydalanilishi mumkin.
Ushbu taʻtilni keyingi ish yiliga koʻchirishga yoki uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti: N.P.Nazarimbetov