Янгиликлар
Uy-joylarni sotib olish va ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish tartibi soddalashtirildi.
Uy-joylarni sotib olish va ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish tartibi soddalashtirildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga ajratilgan subsidiya ushbu hududdagi aholi tomonidan belgilangan taqsimot doirasida tuman yoki shahardan olishi mumkin. Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga olingan fuqaro subsidiya dasturi doirasida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli. Bunda ipoteka krediti Toshkent viloyati uchun belgilangan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori doirasida ajratiladi hamda boshlangʻich badal boʻyicha subsidiya toʻlovi uy-joy joylashgan tuman (shahar) moliya boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
Subsidiya uchun ish hqani aniqlashda agar ish haqi belgilangan mezonga yetmasa farzandning daromadi qoʻshilishi mumkinmi?
Agar ariza beruvchining va uning turmush oʻrtogʻining oʻrtacha oylik daromadlari miqdori ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan meʼyorlardan kam boʻlsa, uning daromadlari hisob-kitobiga ularning turmush qurmagan farzandlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin.
Talabgaor nechi bal toʻplaganda subsidiya olishga haqli hisoblanadi?
Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball toʻplagan taqdirda, talabgor sifatida tan olinib, kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti boʻyicha subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi.
Qaysi holatlarda subsidiyaga ariza rad qilinadi?
Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi:
???? taqdim etilgan arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
???? taqdim etilgan maʼlumotlar notoʻgʻri yoki soxta boʻlganda;
???? ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila aʼzolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;
???? joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;
???? ariza beruvchi va/yoki oilaning oʻrtacha oylik daromadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;
Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori boʻlganda.
Agar talabgorlar soni oshib ketsa, subsidiya kimga beriladi?
Subsidiya ajratiladigan talabgorlar soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ajratilgan subsidiya parametrlaridan oshib ketgan taqdirda, kalendar tartibga koʻra hujjatlarni birinchi boʻlib topshirgan ariza beruvchi talabgor sifatida tan olinadi. Yaʼni xujjatni vaqtliroq topshirish ham muhim roʻl oʻynaydi
Subsidiya miqdori qancha boʻladi?
2024-yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 12 foizdan oshgan qismiga toʻlanadi.
Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 2024-yilgi Dasturdan boshlab qatʼiy belgilangan 30 million soʻm miqdorida toʻlanadi.
Oqqoʻrgʻon tuman Adliya boʻlimi Yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi
B.B.Mavlanov