Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Prezident tomonidan “Probatsiya toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi


Prezident tomonidan “Probatsiya toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi

 

 

Joriy yilning 7-avgustida Prezident tomonidan “Probatsiya toʻgʻrisida”gi 938-sonli Qonun imzolandi.

Qonunga koʻra, probatsiya – muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini taʼminlashga, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va tarbiyaviy taʼsir koʻrsatishga, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishga, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beradigan shart-sharoitlarni aniqlashga, bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.

 

Vazirlar Mahkamasi probatsiyani amalga oshirish sohasida yagona davlat siyosati roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi.

 

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining probatsiya xizmati probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatli organdir.

 

Probatsiya nazoratini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi subyektlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

 

mehnat organlari;

 

davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari;

 

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari;

 

taʼlim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va taʼlim tashkilotlari;

 

Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari.

 

Shaxsni probatsiya hisobiga qoʻyish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya akti yoxud afv etish asos boʻladi.

 

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

Jamolov Samandar