Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan elektron braslet qoʻllaniladi


Probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan elektron braslet qoʻllaniladi

 

“Probatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, shaxsni probatsiya hisobiga qoʻyish mazkur shaxsning yashash joyidagi tuman (shahar) probatsiya boʻlinmasining xodimi tomonidan probatsiyaga oid axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.

Elektron kuzatuv vositasi (elektron braslet) ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni oʻtash tartibi talablarini bajarmayotganligi toʻgʻrisida rasmiy ravishda ogohlantirilgan yoki ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni oʻtash davrida jamoat tartibini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan tuman (shahar) probatsiya boʻlinmasi boshligʻining qarori asosida qoʻllaniladi.

 

Probatsiya nazoratidagi shaxslarga tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish ularda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini va jamiyatda yurish-turish qoidalariga hurmat bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi.

 

Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori belgilangan mezonlar asosida har 3 oyda baholanadi va ularning ijtimoiy-psixologik qiyofalarida aks ettiriladi.

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM boshligʻi

Niyozov Abdurasul