Янгиликлар
Joriy yilning 6-avgustida “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 282-son Prezident Qarori qabul qilindi.
Joriy yilning 6-avgustida “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 282-son Prezident Qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekiston va Qozogʻiston Hukumatlari oʻrtasida “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi.
Bitim 2023-yil 9-noyabrda Toshkent shahrida imzolangan.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
Boʻka tumani adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti
Tojiqulova Nazokat