Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

“Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi”


“Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi”

06.08.2024-yilda “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 283-son Prezident Qarori qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etiladi.

 

Markaz faoliyatini boshqarish “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” unitar korxonasiga yuklatiladi.

 

Markaz hududiga sanoat korxonalarini ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali sanoat kooperatsiyasi kengaytiriladi.

 

Markaz hududida faqat Oʻzbekiston va Qozogʻiston Respublikalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ishlab chiqarish sertifikati nazorati ostida realizatsiya qilinadi.

 

Qozogʻiston va u orqali tashrif buyuruvchi chet el fuqarolari uchun Markaz hududiga maxsus nazorat oʻtkazish punkti orqali vizasiz tartibda, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kirish, 15 kun mobaynida hududda boʻlish va kirgan nazorat punkti orqali chiqish imkoniyati yoʻlga qoʻyiladi.

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdugʻapparov Abbos