Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

07.08.2024-yilda Prezident tomonidan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 940-son Qonun imzolandi.


07.08.2024-yilda Prezident tomonidan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 940-son Qonun imzolandi.

Qonunga koʻra, Vazirlar Mahkamasi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi.

Shuningdek, u yoqilgʻi-energetika resurslarini isteʼmol qilish normalarini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.

Energetika vazirligi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Maxsus vakolatli davlat organi quyidagilarni amalga oshiradi, jumladan:

davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, strategiyalarni ishlab chiqadi, amalga oshiradi hamda nazorat qiladi;

energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat axborot tizimini yuritadi.

Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish, shuningdek energiya sifatining normativ hujjatlarda belgilangan koʻrsatkichlariga rioya etilishi sohasidagi davlat nazorati Oʻzenergoinspeksiya hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

Jamolov Samandar