Янгиликлар
07.08.2024-yilda Prezident tomonidan “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi 939-son Qonun imzolandi.
07.08.2024-yilda Prezident tomonidan “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi 939-son Qonun imzolandi.
Qonun elektr energetikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Elektr energetikasi sohasini davlat tomonidan tartibga solishni quyidagilar amalga oshiradi:
➖Vazirlar Mahkamasi;
➖Energetika vazirligi;
➖Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi;
➖Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;
➖mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
Vazirlar Mahkamasi elektr energetikasi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Energetika vazirligi elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Quyidagilar elektr energiyasi bozorining ishtirokchilaridir:
▫elektr energiyasi bozori operatori;
▫ishlab chiqaruvchi;
▫elektr energiyasini saqlash tizimi operatori;
▫uzatish tizimi operatori;
▫markaziy xarid qiluvchi;
▫treyder;
▫taqsimlash tizimi operatori;
▫taʼminotchi;
▫isteʼmolchi.
Tariflar va toʻlovlarni belgilash uslubiyati hamda uning asosida tartibga solinadigan tariflar va toʻlovlar Energetika bozori regulyatori tomonidan belgilanadi. Qabul qilingan tariflar va toʻlovlar kuchga kirishidan kamida 15 besh kun oldin eʼlon qilinadi. Hech qanday tarif yoki toʻlov orqaga qaytish kuchiga ega emas
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Boʻka tumani adliya boʻlimi
YXKM boshligʻi
Niyozov Abdurasul