Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlari hisobga qoʻyiladi


Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlari hisobga qoʻyiladi

OʻRQ-942-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritildi.

Soliq kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalarining boʻlinmalariga va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami beriladi.

 Bundan tashqari “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunga yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalarining va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining adliya organlarida hisobga qoʻyilishi mumkinligini va ushbu tartib Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishini nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritildi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

  Tojiqulova   Nazokat