Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Faktoring xizmatlari bozori rivojlantiriladi


Faktoring xizmatlari bozori rivojlantiriladi

 

Joriy yilning 12-avgustida “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 109-son Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) faoliyatini amalga oshiruvchi faktoring tashkilotlari tashkil qilinadi.

Faktoring tashkiloti faoliyati nobank kredit tashkiloti sifatida reyestrga kiritish vositasida Markaziy bankda hisob roʻyxatidan oʻtgandan keyin amalga oshiriladi.

2025-yil 1-yanvardan:

quyidagilarga ruxsat etiladi:

➖mijozning kontragenti norezident boʻlganda faktoring operatsiyalarini xorijiy valyutada amalga oshirishga;

➖kredit tashkilotlariga faktoring shartnomalari boʻyicha sotib olingan pul talabnomalarini qayta sotishga (refaktoring);

pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish boʻyicha taqiqni buzganlik uchun javobgarlik bekor qilinadi;

pul talabnomasidan voz kechish toʻgʻrisidagi xabarnomalar garov reyestrida roʻyxatga olinadi;

qarzdorning roziligisiz pul majburiyatining valyutasi va toʻlov amalga oshiriladigan mamlakat oʻzgartirilishi mumkin emas.

Faktoring xizmatlari elektron platformasi (Faktoring platformasi) joriy qilinadi.

                   

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdugʻapparov Abbos