Янгиликлар
“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni
“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni
Qonunchilikka koʻra, “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni taʻsis etilgan boʻlib, mazkur koʻkrak nishoni bilan quyidagi xotin-qizlar taqdirlanishi belgilangan:
jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan;
oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan;
sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda maʻnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targʻib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan.
Boʻka tumani adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti
Abdugʻapparov Abbos