Янгиликлар
Hududlarda sanoat salohiyati yanada oshiriladi
Hududlarda sanoat salohiyati yanada oshiriladi
“Hududlarda sanoat salohiyatini yana-da oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 295-son Prezident Qarori qabul qilindi
Qarorga koʻra, tuman va shaharlarda sanoat korxonalari bilan ishlash boʻyicha “respublika – viloyat – tuman” tamoyili asosida vertikal tizim yoʻlga qoʻyiladi.
Hududlarda sanoat korxonalari bilan manzilli ishlash maqsadida quyidagilar tashkil etiladi:
tuman va shaharlarda hokimning birinchi oʻrinbosari boshchiligida soliq va statistika organlari, banklar va iqtisodiy infratuzilma korxonalarining rahbarlarini oʻz ichiga oluvchi hududiy shtablar;
iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari rahbarligida hududiy shtablar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika shtabi.
2024-yil 1-sentyabrdan:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tarkibida 5 ta shtat birligidan iborat Sanoatni rivojlantirish yigʻma boʻlimlari tashkil etiladi;
tumanlar (shaharlar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlarida sanoatni rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Boʻka tumani adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti
Jamolov Samandar