Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

“Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”


“Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”

“Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 111-son Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2024-yil 1-oktyabrdan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholashning soddalashtirilgan va kengaytirilgan tartibi joriy qilinadi.

Bunda:

soddalashtirilgan tartibda loyiha ishlab chiqilishidan oldin quyidagi tartibga solish vositalari baholanadi va baholash natijalari yuzasidan Adliya vazirligining dastlabki xulosasi olinadi:

jismoniy va yuridik shaxslarga majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlarni belgilash, ularni oʻzgartirish yoxud talablarga rioya qilishni yoki ularni bajarishni taʼminlash bilan bogʻliq taʼsir choralarini qoʻllash;

tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyoz, preferensiya va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlarini joriy qilish, ularning taʼsir doirasini kengaytirish yoki qisqartirish;

kengaytirilgan tartibda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari baholanadi:

soddalashtirilgan baholash natijalari boʻyicha iqtisodiy, ijtimoiy va atrof-muhitga taʼsiri darajasi yuqori deb topilgan loyihalar;

Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari hamda baholash sohasidagi vakolatli organlar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor tomonlarning taklifiga koʻra kengaytirilgan baholashdan oʻtkazilishi lozim deb topilgan loyihalar.

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM boshligʻi

Niyozov Abdurasul