Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

“Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonga koʻra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, shu jumladan, baholashda, maʼlumo


“Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonga koʻra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, shu jumladan, baholashda, maʼlumot yigʻish jarayonlariga ilmiy tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari keng jalb qilinadi.

2024-yil 1-oktyabrdan:

➖davlat organlari tomonidan qonun loyihalari boʻyicha ushbu sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari xulosalari majburiy ravishda olinadi;

➖davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari xulosalari va muhokama natijalari boʻyicha materiallar loyihani Adliya vazirligi hamda hujjatni qabul qiluvchi organlarga kiritishda majburiy tartibda ilova qilinadi.

Davlat organlarining qonunchilik hujjatlari loyihalarini baholashdan oʻtkazish faoliyati samaradorligini tahlil qilish, baholash, xodimlarni ragʻbatlantirish va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash reytingi joriy etiladi.

Bunda:

Adliya vazirligi tomonidan har yili yil yakunlari boʻyicha Reyting aniqlanadi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi;

Reytingda dastlabki uch oʻrinni egallagan davlat organlarining baholashga masʼul xodimlari bir martalik moddiy ragʻbatlantiriladi;

Reytingi past davlat organlarining faoliyatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar belgilanadi.

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdugʻapparov Abbos