Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Hukumat Qarori bilan Intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.


Hukumat Qarori bilan Intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga koʻra, quyidagi intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining amal qilish muddati Adliya vazirligi tomonidan uzaytirilishi mumkin:

➖ixtiro;

➖foydali model;

➖sanoat namunasi;

➖seleksiya yutugʻi;

➖tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi;

➖geografik koʻrsatkich;

➖tovar kelib chiqqan joy nomi.

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun axborot tizimi (im.adliya.uz) yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali ariza beradi.

Ariza berilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Davlat xizmatini koʻrsatishda belgilangan miqdordagi patent boji yagona billing tizimi orqali elektron shaklda toʻlanadi.

Ariza vakolatli organga kelib tushgan kundan eʼtiboran 15 kun muddat ichida koʻrib chiqiladi.

Ariza beruvchiga muhofaza hujjatining amal qilish muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani muhofaza hujjatiga ilova shaklida axborot tizimi orqali yuboradi.

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova   Nazokat