Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Markaziy saylov komissiyasini tuzish to‘g‘risida


Markaziy saylov komissiyasini tuzish to‘g‘risida

Saylov kodeksning 12-moddasiga asosan: Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan to‘qqiz nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi va doimiy asosda faoliyat yuritadi. Markaziy saylov komissiyasining bir nafar a’zosi Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi.

Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasiga ko‘ra Qonunchilik palatasi hamda Senat tomonidan saylanadi.

Markaziy saylov komissiyasining Raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan komissiya a’zolari orasidan besh yillik muddatga komissiya majlisida saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Markaziy saylov komissiyasining Raisi etib saylanishi mumkin emas.

Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari va komissiya kotibi komissiya a’zolari orasidan komissiya majlisida saylanadi.

Markaziy saylov komissiyasining a’zosi tegishli guvohnomaga ega bo‘ladi.

Markaziy saylov komissiyasi Raisining va uning o‘rinbosarining guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Markaziy saylov komissiyasi boshqa a’zolarining guvohnomasi esa Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi tomonidan imzolanadi deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               R.M.Mirzaaxmedov